(66) 221-7362

info@samstartup.uz

Markaz rezidentlari bilan seminar

Joriy yil 13 dekabr kuni Samarqand startap inkubator markazining rezidentlari uchun Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi bo’lim boshlig’i Saparov Murod Ergashovich tomonidan «O’zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga 2022 yil 1-yanvardan kiritilgan asosiy  o’zgartirish va qo’shimchalar » haqida  o’quv seminari o’tkazildi.

Rezidentlarnig faoliyatida uchraydigan muammoli masalalarga to’liq javob berdi hamda tadbirkorlarga berilgan soliq imtiyozlari haqida ma’lumotlar berdi. Seminar rezidentlarda katta qiziqish uyg`otdi. Seminar qizg`in savol javoblar bilan davom etdi.