(66) 221-7362

info@samstartup.uz

Samarqand startap inkubator markazida navbatdagi startaplarni saralash taqdimoti bo`lib o`tdi

2021 yil  27- avgustda Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazining Samarqand Startap Inkubator Markazida “Startap G’oyalarining Saralash Tanlovi” bo’lib o’tdi. Navbatdagi tanlovda o’zining tadbirkorlik g’oyalariga ega 8 nafar yoshlar o’zlarining loyihalarining tag’dimotlarini qilishdi.

Tag’dimot qilingan loyihalar ekspertlar tamonidan tahlil qilinib eng yaxshi loyihalar Startap Inkubator Markazi Rezidentligiga tavsiya qilinadi. Inkubator markazining bunday saralash tanlovini o`tkazishdan maqsadi o’zining tadbirkorlik g’oyalariga ega bo’lgan bo’lajak yosh tadbirkorlarni kelgusida qo’llab quvvatlashdan iboratdir.