(66) 221-7362

info@samstartup.uz

SAMARQAND STARTAP INKUBATOR MARKAZI rezidentlarining hisobot taqdimoti bo’lib o’tdi.

2021-yilning 8 iyul kuni Samarqand Startap inkubator markazi rezidentlarining loyihalari bo’yicha hisobot seminari bo’lib o’tdi. Uchrashuvni Samarqand startap inkubator markazi direktori ochib berdi va rezidentlarning kelgusida yangi loyihalar ustida ishlashi lozimligi haqida gapirib o`tdi. Uchrashuvda Inkubator markazi a’zolari bilan birgalikda rezidentlar qatnashishdi.

Uchrashuvda markaz rezidenti “ CYBER AREA ” loyiha rahbari Hamidov Bobur va “ CLEANING ECO ” loyiha rahbari Davronov Jamol o`zlarining loyihasi ustida qanday ish olib borayotganligi haqida hisobot berdi. Hisobotda markaz rezidentlari loyihalari haqida umumiy ma’lumot, korxona faoliyatining rivojlantirish bosqichlari, taklif etilayotgan xizmatlar, ishlab chiqilayotgan mahsulotlari, korxonalaridagi joriy yilda tashkil etilgan ish o’rinlari haqida ma’lumot berishdi.

Bundan tashqari kelgusidagi rejalar aniq qilib belgilab olindi. Rezidentlarni qiziqtirgan va tushinmagan sohalari bo’icha qisqa muddatli o’quv kurslari va  seminarlar tashkil qilishga kelishib olindi.