
09.01.2021
Markazda Banklarda ko`rsatilayotgan xizmatlar va mavjud imtiyozlar mavzusida o’quv seminar tashkil etildi.
2021-yilning 23-yanvar kuni Samarqand startap inkubator markazida rezidentlarning kelgusida bajarilishi lozim bo`lgan ishlar yuzasidan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvni markaz direktori ochib berdi va rezidentlarning kelgusida loyihari ustida xar kun ishlashi va natijaga erishishlari kerakligini bildirib o`tdi. Uchrashuvda Inkubator markazi a’zolari bilan birgalikda rezidentlar qatnashishdi. Uchrashuvda markaz rezidenti “AGROSALE” loyihasi rahbari Sayidqulov Asliddin o`zining loyihasi ustida qanday ish olib borilayotganini qatnashuvchilarga tushuntirib o`tdi. Bundan tashqari kelgusidagi rejalar aniq qilib belgilab olindi. Rezidentlarni qiziqtirgan mavzular bo`yicha seminarlar tashkil qilishga, o`z korxonalarini ochishni boshlash va internet saytlarini yaratish bo`yicha ishlar kelishib olindi.
Leave a comment