(66) 221-7362

info@samstartup.uz

Samarqand Startap Inkubator Markazi rezidentlarining yillik hisobot seminari bo`lib o`tdi

2020-yil 3-dekabr kuni Samarqand Startap inkubator markazi rezidentlarining loyihalari bo’yicha yillik hisobot seminari bo’lib o’tdi.  Hisobot seminarida Startap inkubator markaz ishchi xodimlari, tadbirkor rezidentlar va markazga qabul qilingan yangi rezidentlar ishtirok etishdi. Seminarni markaz direktori I.Ergashev ochib berdi va rezidentlarning hisobot tag’dimotlariga omad tiladi.

Hisobotda seminarida markaz rezidentlari loyihalari haqida umumiy ma’lumot, 2020 yilda korxona faoliyatining rivojlantirish bosqichlari, taklif etilayotgan xizmatlar, ishlab chiqilayotgan mahsulotlari, korxonalaridagi joriy yilda tashkil etilgan ish o’rinlari haqida ma’lumot berishdi.

Seminarda rezidentlarning tag’dimotidan so’ng ularning loyihalari bo’yicha ishtirokchilar bilan savol javob bo’lib o’tdi va ularga qo’shimcha takliflar berildi.

 Shuningdek uchrashuvda yangi rezidentlarni tadbirkorlik bo’yicha bilim ko’nikmalarini oshirish, bo’lajak tadbirkorlar uchun biznes rejalarni tayyorlashda ko’mak berish va yoshlarni tadbirkorlikka yo’naltirish bo’yicha o’zaro tajriba almashish bo`yicha kelishib olindi.

Leave a comment

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *