(66) 221-7362

info@samstartup.uz

Samarqand startap inkubatot markazi bilan “Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi Samarqand viloyati filiali o`rtasida memorandum imzolandi

Samarqand Startap Inkubator markazi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi Samarqand viloyati filiali bilan birgalikda “O’zaro anglashuv memorandumi imzolandi”.

Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi, markaz bitiruvchilari va Startap Inkubator markazi rezidentlarini tadbirkorlik bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirish, bo’lajak tadbirkorlar uchun biznes reja va takliflarni tayyorlashda ko’mak berish, yoshlarni tadbirkorlikka yo’naltirish bo’yicha o’zaro tajriba almashish, hamkorlikda qo’shma seminar-treninglar tashkil etish, startap loyihalarni amalga oshirishda jamg’arma mablag’lari hamda xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, shuning natijasida yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlashdan iborad.

Tadbir davomida “Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi Samarqand viloyati filiali rahbari D.Nabiyev  so’zga chiqib dastur mazmun mohiyatini yoshlarga atroflicha tushuntirib o’tdi. Bundan tashqari markaz rezidenti Bobur Hamidov o`zning tadbirkorlik g`oyasi frilans birja haqida qatnashuvchilarga to`liq ma’lumot berishdi. Tadbir savol-javoblar bilan qizg`in davom etdi. Tadbir ishtirokchilari o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Tadbirda  Samarqand startap inkubator markazi direktori, SSIC xodimlari, rezidentlar va tadbirkorlikka qiziquvchi bo`lajak tadbirkorlar ishtirok etishdi. Uchrashuv rezidentlarda katta qiziqish uyg`otdi. Bunday uchrashuvlar yana tashkil qilinishi maqul ekanligini bildirishdi.

Leave a comment

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *