
09.01.2021
Markazda Banklarda ko`rsatilayotgan xizmatlar va mavjud imtiyozlar mavzusida o’quv seminar tashkil etildi.
Samarqand Startap Inkubator Markazida KOICA ning “Public Private Project”- Davlat Xususiy Hamkorlik loyihasi doirasida Keimyung Kollej Universitet bilan hamkorlikda joriy yilning 7- May kuni “Startap nima” mavzusida birinch Seminar (Workshop) bo’lib o’tdi.
Seminarda Yoshlar Itifoqining shahar kengashi,Savdo Sanoat Palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi va Mahalliy Universitetlar vakillari ishtirok etishdi. Seminarda Inha Universitetining Toshkent feliali professori Park Chong Won, Keimyung Kollej Universiteti Lee Sang Seog va Inkubator Markazining maslahatchisi Lee Jong Jun domila o’z ma’ruzlari bilan ishtirok etishdi.
Ma’ruzlardan so’ng Koreyalik professorlar va seminar ishtirokchilari bilan “Startap” bo’yicha qiziqarli savob javob tarzida davra suhbat tashkil etildi. Startap mavzusidagi ma’ruza va davra suhbati ishtirokchilarda katta tassurot qoldirdi. Seminar Samarqand viloyatida Startaplarni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi degan umiddamiz.
Leave a comment