(66) 221-7362

info@samstartup.uz

Rezidentlar

Beguest.uz — loyihasi.

Loyiha asoschisi  Suyarov Abdulaziz

O’zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarga ovqatlantirish xizmatini tashkil qiluvchi onlayn platforma. Xalqaro yoshlar tashabbualari va innovatsiyalari klubi (IYIIC) jamoasi tomonidan yaratilgan istiqbolli startap loyihasi hozrigi kunda B2B shaklida faoliyatini yo’lga qo’ygan va sayyohlik agentliklari bilan bevosita faoliyat olib bormoqda. Maqsadimiz — O’zbekistonda sayyohlik infratuzilmasini noodatiy va maftunkor xizmatlar bilan to’ldirish.

BeGuest.uz — bu faqatgina ovqatlanish emas…

 

SAMARQAND SHAHRIDA KATTA BAZAGA EGA BO`LGAN KADRLAR AGENTLIGI TASHKIL QILISH

Loyiha rahbari: Umidjon Rashidov

Ushbu loyiha Samarqand shahri hududida

-kadr va mutaxassislarga bo’lgan talabni qisman qondirish;

-ish beruvchi va ishchilar o’rtasida ko`prik vazifasini bajarish;

-aholi va korxonalar o`rtasida ish izlash, malakali kadr topish

 masalalarini soddalashtirish va yengillashtirish uchun xizmat qiladi

 

“FoodBooker” Loyihasi

Ushbu loyiha Samarqand shahri ovqatlanish korxonalari faoliyati bo’yicha bir necha yillar davomida olib borilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar va ko’pgina restoratorlardan olingan intervyular natijasidan kelib chiqib boshlangan.

FoodBooker bevosita ovqatlanish korxonalari va xo’randalarni uchrashtiruvchi online platforma hisoblanib, buning uchun har bir ovqatlanish korxonasi ishchi guruh tomonidan o’rganiladi va tanlab olingan korxonalarning zaruriy ma’lumotlar to’planadi va chet tillarga o’giriladi. Shundan so’ng www.fobo.uz web-saytiga joylashtiriladi. Natijada turistlar va mijozlar o’zlariga qulay paytlarda sevimli restoranlarida joy va taomlarini online bron qilish imkoniyatini qo’lga kiritishadi.

Loyihaning qulayliklar.

  • Online tarzda sevimli restoranda taom va joyni bron qilash imkoniyati;
  • Online tarzda taomlarni uyga buyurtma qilish;
  • Saytning reyting tizimi orqali Samarqand shahridagi eng yaxshi restoranlarni tanlash imkoniyati;
  • Restoranlardagi turli aktsiya, tadbirlar va tanlovlar haqida doimiy ravishda xabardor bo’lish;
  • Restoran biznesidagi eng so’ngi yangiliklardan bahramand bo’lish:

O’zbek milliy taomlari haqidagi ma’lumotlarni (ularni tayyorlash texnologiyasi, retsepturasi va energetik quvvati) 2 ta (rus va ingliz) xorjiy tillarda saytga doimiy ravishda joylab borish;

 

CAPITAL INCUBATOR BUSINESS CENTRE Loyihasi

Loyiha asoschisi: Aktamov Eldor Shodmonovich

“myschool.uz” loyihasi mahalliy va xorijiy oliy ta`lim muassasalariga tayyorgarlik ko`ruvchilar, xorijiy tillarni  o`rganuvchilar hamda tadbirkorlik faoliyatiga qiziquvchilar uchun onlayn va oflayn kurslarni taqdim etuvchi ta`lim platformasi.

myschool.uz  (hozircha ushbu domen nomi 100% bizga tegishli emas. Shu sababli kelgusida boshqa nomdan foydalanishimiz mumkin).

 

Cleaning eco Loyihasi

Loyiha asoschisi:  Jamol Davronov Ulmasovich.

Cleaning eco korxonasi aholi uy-joylari va ofislar uchun professional tozalash xizmatlarini ko’rsatadi.

Uylarni ko’chirish , aftor muhit tozaligini saqlash xizmatlarini ham ishonchli tarzda ko’rsatadi.

 

Cleaningeco korxonasining sayt manzili:  www.cleaningeco.uz

Murojaat uchun telefon:  +998902242299

 

Cleaning eco sizning ishonchli hamkoringiz.