(66) 221-7362

info@samstartup.uz

Biz haqimizda

bino

2019-yilning 25-fevral kuni markazda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) hamda Keimyung kollej universiteti o‘rtasida kasb-hunar ta’limini yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum orqali 2019-2022-yillarda Samarqand kasb-hunarga o‘qitish markazining ta’lim salohiyatini mustahkamlash, Samarqand viloyatida ishchilar malakasi va ishga joylashtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan grant loyihasini amalga oshirish belgilandi. Xususan, loyiha doirasida Samarqand Startap Inkubator markazini tashkil etish rejalashtirildi. Loyiha uchun KOICA va Keimyung kollej universiteti tomonidan grant mablag‘lari ajratildi. Loyihasi asosida markazda Startap Inkubator markazi ish boshlamoqda. Markazning ochilish joriy yilning iyun oyining oxiriga rejalashtirilgan.

 

       Bu markazning asosiy maqsadi bo`lajak Startaplarni qo’llab quvvatlash, daslabki ish boshlashi uchun imkoniyat yaratish, rivojlanishning daslabki bosqichlarida va bozorga asta sekinlik bilan moslashib ketishda ko’maklashishdan iboratdir. Buning uchun fuqora o‘z g‘oyasi bilan Inkubator markaziga keladi va loyiha maslahatchilari va mutaxassislari bilan birgalikda o‘z g‘oyasi muhokama qiladi. Fuqoraning g’oyasi markaz mutaxasislari tominidan ma’qullansa, fuqora markaz bilan shartnoma imzolab kelajakda g’oyasini amalga oshrish bo’yicha mutaxasislar bilan birgalikda ishlaydi. Loyiha shakllantirilgandan so‘ng, biznes — reja ishlab chiqiladi, loyiha ekspertlar kengashidan o‘tadi. Ekspertlar kengashidan o’tgandan so’ng Inkubator markazi redenti maqomi beriladi va resident bilan shartnoma imzolanib unga ishlash uchun maxsus joy berialdi. Rezidentag ajratilgan  ofisda loyiha amalga oshirish bo’yicha  ishlarni boshlaydi. Loyihani amalga oshrishda rezidentga Inkubator markazining konsultanti,dizayneri,kompiyuter dasturchi va mentorlar ko’maklashadi.

Kontaktlar

  • Manzil: Samarqand shahar, Sipitamen ko`chasi, 264а uy
  • Mo'ljal: SamDu Pedagogika fakulteti
  • Telefon: +998(66) 221 7362
  • Email: info@samstartup.uz
  • samstartup.uz, ssic.uz
  • 4, 12, 16, 32, 35, 66, 85, 97, 99