(66) 221-7362

info@samstartup.uz

Samarqand Startap Inkubator Markazida “Marketing Strategiyasi” bo’yicha navbatdagi o’quv seminar bo’lib o’tdi

     25- fevral kuni Samarqand Startap Inkubator Markazida navbatdagi “Marketing Strategiyasi”  mavzusi bo’yicha” o’quv seminar bo’lib o’tdi. O’quv seminarda Samarqand kasb hunarga o’qitish markazi o’quvchilari va Inkubator markazi rezidentlari ishtirok etishdi. Unda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining Samarqand filiali doqsenti G’aniev Ibrohim Mamadievich va Inkubator markazining Koreyalik masahatchisi Lee Jong Jun lar “Marketing Strategiyasi” mavzusi bo’yicha ma’ruza qildilar.

   Ma’ruzada marketingning tarixi, marketing ‘mix’, chet davlatlardagi marketing qarashlari, marketing strategiyasi bo`yicha bo`lajak tadbirkorlarga tushunchalar berildi.

Tinglovchilar mahsulot bozorini topish, marketing strategiyasi va shu kabi o`zlarini qiziqtirgan savollar bo`yicha ma’ruzachilardan to`liq javob olishdi.    

Uchrashuv talabalarda juda katta taassurot uyg`otdi. Kelgusida bunday uchrashuvlar ko`p bo`lishi haqida fikrlarini bildirishdi. Samarqand Startap Inkubator markazi rezidentlari kelgusida marketing bo`yicha o`zlarini qiynayotgan masalalar bo`yicha birgalikda ishlash uchun kelishib olishdi. Samarqand Startap Inkubator markazida bunday uchrashuvlar har doim o`tkaziladi, qiziquvchilarrni taklif qilib qolamiz.

Leave a comment

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *