(66) 221-7362

info@samstartup.uz

Samarqand startap inkubator markazining faoliyati

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o`qitish markazida O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi) va  Koreyaning Keimyung Kollej Universiteti o`rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Anglashuv memarandumiga asosan  3 yil muddatga mo`ljallangan qiymati 1 100 000 AQSH dollari miqdorida loyiha olishga erishildu.  Loyiha doirasida Samarqand Startap inkubator markazi tashkil etildi.

Samarqand Startap inkubator markazining ochilish marosimi 2019 yil 12-iyulda bo`lib o`tdi. Ochilish marosimida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas’ul xodimlari, KOICA ning O`zbekistondagi ofisi direktori va Keimyung Kollej universiteti prezidenti ishtirok etdi.

Koreya tajribasi asosida tashkil etilgan Startap inkubator markazida 2019 yilda bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan Savdo sanoat palatasi Samarqand hududiy boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Hamkorlik shartnomasini imzolanishidan maqsad kelgusida hamkorlikda bo`lajak tadbirkorlarni qo’llab quvvatlash va viloyatda tadbirkorlar sonini yanada oshirishdir.

Samarqand Startap inkubator markazi nizomi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Startap inkubator markazi Koreyada ishlab chiqarilgan eng so`ngi jihozlar bilan jihozlandi.

Shu kunga qadar Startap inkubator markazi tomonidan viloyatdagi 6 ta mahalliy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o’quv seminarlar tashkil etildi. Seminarlarda jami 380 nafar o’qituvchi va talabalar qatnashdi.

Startap inkubator markazida tashkil qilingan o’quv seminarlar soni 15 tani tashkil etdi. Seminarlarda jami 279 nafar tinglovchilar ishtirok etdi. Tinglovchilardan so`rovnomalar olindi. So’ronomalarda tinglovchilar talabidan kelib chiqib holda ularning talabiga mos mavzularda o’quv seminarlari tashkil qilindi.   

Samarqand Startap inkubator markaziga startap g’oyalarini saralab olish uchun arizalar qabul qilish ikki marta amalga oshirilidi. Unda fuqorolardan jami 22 ta startap loyihalari bo’yicha arizalar tushgan bo`lsa, shundan jami 9 ta startap loyihalar tanlab olindi. Hozirda Inkubator markazida 2 ta xorijiy va 7 ta mahalliy  jami 9 ta rezidentlar faoliyat olib bormoqda.

Samarqand Startap Inkubator markazining mentorlari soni 7 nafarni tashkil etmoqda. Ular markaz rezidentlari bilan uchrashuvlar tashkil qilib, tadbirkorlik bo`yicha o`z tajribalaridan kelib chiqqan holda maslahatlarni berib kelmoqda.

Hozirgi kunda Startap Inkubator markazini hamkor korxonalari soni  13 tani tashkil qiladi, bu ko`rsatkichni yanada yuqoriga ko`tarish harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand Startap inkubator markazi xodimlari tomonidan Startap markazining boshqaruv qo`llanmasi ishlab chiqildi va u qo`llanma yanada boyitib borilmoqda.

Samarqand viloyatida birinchi bor tashkil etilgan Startap Inkubator markazi haqidagi ma’lumotlar turli vebsayt va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Startap g’oyalari bo’yicha e’lonlar mahalliy matbuot va saytlarda keng yoritilib borilmoqda. Hozirda Inkubator markaziga yosh, bo’lajak tadbirkorlarni jalb etish maqsadida turli uchrashuv va seminarlar tashkil etilmoqda.

Samarqand startap inkubator markazi Samarqand viloyatidagi Startaplarga yo’naltirilgan biznes va ko-vorking markazlari bilan o’zaro hamkorlikda ishlamoqda. Biz kelajakda yosh tadbirkorlarni qo’llab quvvatlashda  davom etamiz va hamkorlik qilmoqchi bo’lgan tashkilorlarni kutib qollamiz.

Leave a comment

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *