(66) 221-7362

info@samstartup.uz

TADBIRKOR BILAN UCHRASHUV

Samarqand Startap Inkubator markazida tadbirkor Bobur Sobirov bilan “Tadbirkorlik ko’nikmalari” mavzusida uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda markaz talabalari va rezidentlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvdan ko’zlanagan asosiy maqsad bo`lajak tadbirkorlarga tadbirkorlik ko’nikmlari bo’yicha ma’lumot va ularni qizziqtirgan savollariga javob berish edi. Markaz talabalari qaysi sohada biznes qilish, qanday korxona tashkil qilish mumkin, korxonani qayerda davlat ro`yxatidan o`tkazish mumkin, mahsulot bozorini topish, marketing strategiyasi va shu kabi savollariga javob olishdi.

Uchrashuv talabalarda juda katta taassurot qoldirdi. Samarqand Startap Inkubator markazi rezidentlari o`zlarining loyihalarini amalga oshirishda kerakli bo’lgan maslahatlarni tajribali tadbirkordan olishdi. Markaz jamoasi va talabalar tadbirkor Bobur Sobirovga qiziqarli uchrashuv uchun o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Leave a comment

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *