(66) 221-7362

info@samstartup.uz

SAMARQAND STARTAP INKUBATOR MARKAZI NAVBATDAGI TANLOVINI E’LON QILADI

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o`qitish markazida  Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA ) va Keimyung College Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Samarqand startap inkubator markazi startap g`oyalar tanlovini e’lon qiladi.  

Tanlovda ishtirok eting va quyidagi xizmatlarimizdan foydalalanish imkoniyatini qo`lga kiriting.

Eng so`ngi jihozlar bilan jihozlangan ofis bilan taminlaymiz.

  1. Sizning loyihangizni rivojlantirish bo`yicha tadbirlarni amalga oshiramiz.
  2. Inkubator markazining hamkorlari tarmog’iga kirishingizga ko`maklashamiz.
  3. Inkubator markazining ta’lim dasturlarini taqdim etamiz.
  4. Turli davlat va nodavlat tanlovlarda, yarmarkalarda ishtirok etishga ko’maklashamiz.
  5. Eng ilg`or investorlarni sizning loyihangizga jalb etishda ko`maklashamiz.

Tanlovda ishtirok etmoqchimisiz? Unda biz bilan bo`g`laning, joylar soni chegaralangan.

 Arizalar 2020 yil 10-martgacha qabul qilinadi. Loyiha taqdimoti 14-20-mart kunlari o`tkaziladi.

Arizani www.samstartup.uz sayti orqali yoki startap inkubator markaziga kelib, inkubator xodimlari yordamida rasmiylashtirishingiz mumkin.

A’zo bo’lish xujjatlarini saytimizdan olishingiz mumkin.

Leave a comment

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *