(66) 221-7362

info@samstartup.uz

“Startap Tashabbuslari” dasturining to’rtinchi bosqichi o`tkazildi.

2019-yil 23-dekabr kuni yoshlarning startap tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash dasturining to’rtinchi davrining viloyat bosqichlari boshlandi. Tanlov natijalariga ko’ra Samarqand va Jizzah viloyatlaridan qabul qilingan 81 loyihalardan 26 ta startap loyihalari saralab olindi va «Startap Tashabbuslari» dasturining to’rtinchi davrida ishtirok etsih uchun qabul qilindi. Bu yil O’zbekiston viloyatlaridan alohida tanlov o’tkazilib Toshkent shahridan tashqari 5 ta viloyatlarda ja’mi 178 ta loyihalar jamoalari dasturda ishtirok etishi va ular uchun mahalliy seminarlar va mahorat darslari tashkil etilishi rejalashtirlgan.

2019 — yil ushbu dastur O’zbekistonning barcha mintaqalarini qamrab oldi va rekord darajadagi 648 ta arizani qabul qildi. Poytaxt viloyatidan qabul qilingan 289 ta loyihaga nisbatan hududlardan qabul qilingan 359 ta loyiha viloyat yoshlarining dasturda ishtirok etishlari sezilarli darajada yaxshilanganidan nishona edi. Qizlar boshchiligidagi loyihalar Toshkentda ustunlik qilmoqda — hududlardagi 66 ta loyihaga nisbatan 79 ta loyiha. Arizalar soniga ko’ra 98 ta loyiha bilan turizm, sayyohlik va mehmondo’stlik xizmatlari yoshlar uchun eng ma’qul yo’nalish hisoblansa, 77 ta loyiha ijtimoiy sohalar, ekologiya, sport, ta’lim va shahar atrof-muhitiga tegishli loyihalar undan keyingi ikkichi ommalashgan soha bo’ldi. Tibbiyot sohasi, farmakologiya va biotexnologiya 61 ta loyiha bilan eng yaxshi uchta yo’nalishni ohirigisi bo’ldi. Bu yil shuningdek savdo va xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoati (AgroTech va FoodTech), transport va logistika xizmatlari sohalari yoshlar uchun startaplarni rivojlantirish uchun istiqbolli yo’nalish sifatida qarashmoqda.

Dasturni ikki kunlik intensiv seminar boshlab berib unda qatnashuvchilar “tejamkor startap” (Lean Startup) uslubiyatidan foydalangan holda startapni boshlash asoslarini o’rganadilar. O’quv mashg’ulotlaridan so’ng, yosh startapchilar o’z loyihalarini amaliy ravishda tadbiq etishga kirishadilar — ular loyihani amalga oshirish uchun yo’l xaritasini tuzadilar, loyihalarining qiymat takliflarini sinab ko’rishni boshlaydilar, maqsadli auditoriya ehtiyojlarini o’rganadilar, ishchi modellarni yaratadilar va savdo kanallarini sinab ko’rishni boshlaydilar.

Dastur davomida loyihalarga trekerlar, ya’ni tajribali murabbiylar yo’nalish va maslahanlar berishadi, jamoaning rivojlanishini kuzatib borishadi va maqsadlarga erishishda ko’rsatmalar berishadi. Keyingi oy davomida ishtirokchilar uchun ixtisoslashgan mutaxassislar va muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishtirokida startap loyihalarini amalga oshirish bilan bog’liq turli masalalar bo’yicha mahorat darslari va ekspert maslahatlari tashkil etiladi. Rossiya, Janubiy Koreya va AQSh davlatlari ekspertlari ishtirokida bir qator mahorat darslari va seminar/davra suhbatlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Dastur yakunida bitiruvchi jamoalar loyihalarini yanada rivojlantirish uchun “Demo day” kunida (Namoyish kunida) o’z loyihalarini manfaatdor tashkilotlar va sarmoyachilarni jalb qilish uchun taqdim etadilar. Namoyish kuni natijalariga ko’ra eng yaxshi beshta loyiha startaplarni rivojlantirish uchun beg’araz sarmoyalar shaklida pul mablag’lari bilan taqdirlanadilar.

Bu yil Toshkentdan tashqari Farg’ona, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida alohida seminarlar va mahorat darslari, trekerlar kuzatuvi, va ekspert maslahatlari tashkil etiladi va unda 170 dan ortiq yoshlar loyihalarini ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Dasturning mintaqaviy bosqichi yakunlangach, ekspertlar guruhi tomonidan tanlab olingan eng yaxshi loyihalar Toshkentdagi yakuniy «Namoyish kuni» da o’z loyihalarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Qo’llab-quvvatlash dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (BMMV) Rossiya Federatsiyasi tomonidan moliyalashtiriladigan «O’zbekistonda yoshlar bandligiga ko’maklashish» qo’shma loyihasi doirasida, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining texnoparki (IT-Park) bilan hamkorlik da amalga oshiriladi.

Dasturni amalga oshirishda bu yil O’zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi Yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash markazi va «Yoshlar kelajagimiz» jamg’armasi, “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, «O’zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi, «East Telekom» MChJ, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, «Ground Zero», Samarqand startap incubator markazi va «C-Space» kovorking markazlari ham ishtirok etishmoqda.

Leave a comment

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *