(66) 221-7362

info@samstartup.uz

Startap g`oyalar tanlovi

E’LON

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o`qitish markazida    KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi) va Keimyung Kollej Universiteti bilan hamkorlikda Samarqand startap inkubator markazi tashkil etildi.

Samarqand startap inkubator markazi startap g`oyalar tanlovini e’lon qiladi.  

Tanlov shartlari:

  • Arizalarni yuridik va jismoniy shaxslar taqdim etishi mumkin.
  • Tanlovda ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga yo’naltirilgan bo`lishi kerak. Ular innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart.
  • Loyihaning innovasionligi avval qo’llanilmagan yangi texnologiyalar  yoki  jarayonni tashkillashtirish, avval ishlab chiqarilmagan yangi mamhsulot ishlab chiqarish, yangi xizmat ko`rsatishni ko’zda tutishi.
  • Loyihaning texnik jihatdan mukamalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi.
  • Muhofaza qiluvchi hujjatlar mavjudligi – patent yoki patentga ariza,  sinov dalolatnomalari, mahsulot namunasining mavjudligi (agar mavjud bo`lsa).
  • Loyihaning mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasi, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish imkoniyatlari  mavjudligi.
  • Loyihaning investitsion jozibadorligi uning mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, loyihaning qiymati, tavakkalchiliklarning hisobga olinishi, o’zini o’zi qoplashi va tavakkalchilik kamaytirilganligi
  • Loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va harajatlar smetasining asoslanganligi. Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
  • Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, sotuv  kanallari  mavjudligi va h.

Tanlovda ishtirok etish tartibi:

G`oyasi bor bo`lajak tadbirkorlar Samarqand startap inkubator markaziga ariza topshiradi ariza qabul qilingandan so`ng startap g`oyasini ekspertlar oldida taqdimotini o`tkazadi. Saralash bosqichida yuqori natijalarga erishgan uchta o`ringa eng zamonaviy jixozlar bilan jixozlangan ofis, yuqori tezlikdagi internetdan va ko`rsatiladigan xizmatlardan bepul foydalanish imkoniyati beriladi.

  1. O`rin – 1 yil muddatga ofis bilan ta’minlanadi va startap xizmatlaridan  bepul foyadalanish imkoniyati beriladi.
  2. O`rin — 6  oy muddatga ofis bilan ta’minlanadi va startap xizmatlaridan  bepul foyadalanish imkoniyati beriladi.
  3. O`rin — 3  oy muddatga  ofis bilan ta’minlanadi va startap xizmatlaridan  bepul foyadalanish imkoniyati beriladi.

Tanlovda yuqori  natijaga erisha olmagan nomzodlar ham ofis xizmatlaridan  foydalanish mumkin. Bunda xizmatlar belgilangan tariflar asosida amalga oshiriladi.

Samarqand startap inkubator markazi xodimlari doimiy xizmatingizda bo`ladi. Bundan tashqari biznesingizni rivojlantirish uchun viloyatdagi eng ilg`or korxonalar sizning ham hamkoringizga aylanadi. G`oyangizni amalga oshirishda Koreyadan kelgan professor-konsultantlar doimiy ko`makchingiz bo`ladi.

Arizalar 2019 yil 20-noyabrgacha qabul qilinadi.

Arizani startap inkubator markaziga kelib, inkubator xodimlari yordamida rasmiylashtirishingiz ham mumkin.

To`liq ma’lumotni  www.samstartup.uz saytdan olishingiz mumkin

Biznes inkubatorga marhamat!

 Manzil: Samarqand shahar,  Spitamen ko`chasi, 264а uy

 Murojaat uchun telefonlar: (99866) 221-73-62,

 Mo`ljal:  Sam Du Pedagogika fakulteti.

 Avtobuslar mashrutlari: 4, 12, 16, 32, 35, 66, 85, 97 

 Web Sayt: www.samstartup.uz

 Е-mail: samstartup@mail.ru

Telegram: http://t.me/samstartup

SSIM Menedjeri M.Kamolov           +998902514145

SSIM Kordinatori D.Pardayev          +998933587870

SSIM Adminstratori I.Nurullayeva  +998933420310

Leave a comment

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *